NAVBATDAN TASHQARI AKSIYaDORLARNING UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH.

NAVBATDAN TASHQARI AKSIYaDORLARNING UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH.

“BEST PIPE AND PARTS” AJ
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishini maʼlum qiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 2026 yil 25 iyun kuni soat 10-00da, Andijon viloyati, Asaka tumani, saxiylik ko‘chasi, 124-uyda bo‘lib o‘tadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 25 iyun kuni soat 09:30 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning reyestri shakllantiriladigan sanalar:
-aksiyadorlarga xabar berish uchun 2026 yil 3 iyun;
-yig‘ilishda ishtirok etish uchun 2026 yil 19 iyun;
Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar qo‘yilgan:
1. Umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash.
2. Umumiy yigʻilish sanoq komissiyasining tarkibi va sonini tasdiqlash.
3. Jamiyatning yangi taxrirdagi Ustavini ko‘rib chiqib tasdiqlash.
4. 2026 yil uchun Afillangan shaxslar roʻyxatini tasdiqlash.
5. “UzChasys” MChJ QK korxonasidagi davlat ulushini sotib olish.
6. Bank kredit mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisida.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga qatnashish uchun keladigan vakil belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kelishi so‘raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi bilan bog‘lik axborot va maʼlumotlar vakolatli davlat organining info@bpap.uz va jamiyatning www.bpap.uz veb saytlariga joylashtirilgan.
Izoh: Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish sharoitdan kelib chiqqan xolda videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilishi mumkin.
“BEST PIPE AND PARTS” aksiyadorlik jamiyati

Kuzatuv kengashi.

Kiritilgan sana: 04.06.2026 Muallif: Admin