Tijorat takliflarini tanlash bo‘yicha e’lon.
AJ “Uz-Dong Won Co ” QK, jamiyatning 2024 yil milliy buxgalteriya hisobi standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarini tashqi auditdan o‘tkazish va yil yakunlari bo‘yicha ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash (SMK, SYK va ularning bajarilishini tekshirish) uchun tijorat takliflarini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Auditorlik tashkilotiga qo‘yiluvchi majburiy talab:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditorlik faoliyatini yuritish litsenziyasiga va sug‘urta polisi 1 milliardan ortiq bo‘lishi;
- auditorlik xizmati ko‘rsatish bo‘yicha kamida 10 yillik tajribaga ega bo‘lish.
Tanlovda(tenderda) qatnashish uchun arizalar quyidagi manzilda 15 may 2024 yilgacha qabul qilinadi:
Andijon viloyati, Asaka shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 57-uy.
AJ “Uz-Dong Won Co ” QK (Kuzatuv kengashiga).
Jamiyatning rasmiy veb-sayti: uzdwn.uz
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzdwn.uz